Qaydi etilishicha, ish vaqti tashrif buyuruvchilarga qulay qilib belgilangan. Har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz. Bu esa, ayniqsa, ishdan keyin oila bilan kechqurun tashrif buyurish imkonini beradi. Bunday amaliyot Oʻzbekiston muzeylari uchun ilk bor joriy etilmoqda.

Tashkilotchilar tashrif tizimi xalqaro muzey standartlari asosida ishlab chiqilgan, u mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlar uchun moʻljallangan. Biletlar turli toifalarga ajratilgan: Oʻzbekiston fuqarolari, xorijiy mehmonlar va bolalar uchun alohida narxlar belgilangan.

Chipta narxiga quyidagilar kiradi:

— koʻp tilli professional gidlar hamrohligi

— noyob eksponatlar va tarixiy artefaktlar bilan tanishish

— Markaziy Osiyoning jahon ilmi va islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini aks ettiruvchi namoyishlar

Shuningdek, tashrifchilar Qurʼon zaliga kirish imkoniga ega boʻladilar. U yerda bir milliondan ortiq Swarovski kristallari yordamida yaratilgan arxitekturaviy-badiiy mepping orqali nurli dinamik muhit hosil qilingan. Dasturga toʻrtta “vaqt kapsulasi” ham kiritilgan boʻlib, ular turli tarixiy davrlarga shoʻngʻish imkonini beradi. Interaktiv va raqamli installyatsiyalar orqali mintaqaning ilmiy va madaniy merosi namoyon etiladi.

Biletlar onlayn (iTicket.uz orqali) va markaz kassalarida sotiladi. Elektron biletlar QR-kod bilan taʼminlangan boʻlib, kirish jarayonini tez va qulay qiladi.

Tashrif formati ham turlicha:

— 30 nafargacha guruhli ekskursiyalar

— individual tashriflar

— Fast Track (navbatsiz kirish) xizmati

Quyida tashrifdan oldin bilish zarur boʻlgan asosiy maʼlumotlar keltirilgan:

Kirish narxi

1. Guruhli ekskursiyalar (Oʻzbekiston fuqarolari uchun):

— Kattalar: 60 000 soʻm (2 soat)

— Bolalar (7–17 yosh): 25 000 soʻm (2 soat)

— 7 yoshgacha — bepul

2. Individual tashriflar:

— Kattalar: 120 000 soʻm (kun davomida)

— Bolalar: 50 000 soʻm

3. Xorijiy mehmonlar uchun:

— Kattalar: 25 dollar + 10 dollar qoʻshimcha xizmatlar

— Bolalar: 20 dollar (2 soat)

— Individual: 45 dollar

4. Fast Track (tezkor kirish):

— Oʻzbekiston fuqarolari uchun: 250 000 soʻm (5 kishigacha)

— Xorijiylar uchun: 100 dollar (guruh)

— Premium: 150 dollar (individual, 3 soat)

— Bolalar: 30 dollar

Kechqurun soatlarida narxlar talabga qarab oʻzgarishi mumkin. Ekskursiyalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi.

Biletlar belgilangan vaqt oraliqlari boʻyicha sotiladi, bu esa navbatlarni oldini olish va tashrifchilar oqimini tartibga solishga xizmat qiladi.

Markazda qoʻshimcha xizmatlar ham joriy etilmoqda:

— robot-gidlar

— koʻp tilli audiogidlar

— virtual sayohat formatlari

Shuningdek, ijtimoiy dasturlar ishlab chiqilmoqda:

— maktab oʻquvchilari va talabalar uchun imtiyozli tashriflar

— ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar uchun bepul dasturlar

Markaz kutubxonasiga kirish bepul boʻladi. Yoshlar uchun taʼlimiy maydonlar, seminarlar, treninglar va tanlovlar tashkil etiladi. Yosh tadqiqotchilar uchun maxsus dasturlar va kovorking zonalar ham yaratiladi.

Qonunchilikka muvofiq quyidagi toifalar uchun imtiyozlar mavjud:

— I va II guruh nogironlari

— nogiron bolalar va ularning hamrohlari

— “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari

— Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari

Qoidalar

Tashrifchilar:

— jamoat tartibiga rioya qilishi

— eksponatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi

— diniy hududlarda kiyinish qoidalariga amal qilishi shart

Taqiqlanadi:

— eksponatlarga ruxsatsiz tegish

— flesh bilan suratga olish

— ruxsatsiz ekskursiya oʻtkazish

— ruxsatsiz tijorat faoliyati

Qoidalar bilan qayerda tanishish mumkin?

— Markazning rasmiy saytida

— onlayn platformalarda

— kassalar va kirish joyida