Tomonlar Oʻzbekiston va Yevropa parlamentining afgʻon yoʻnalishidagi munosabatlari, bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
2022-yil 23-fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afgʻoniston boʻyicha maxsus elchilari va vakillari maslahat uchrashuvining samarali natijalari mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Yuqori martabali diplomat Oʻzbekistonning Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatishdagi muhim rolini qayd etdi.
Yevropa tomoniga Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga insonparvarlik yordamini koʻrsatish va Afgʻonistonga iqtisodiy koʻmak berish borasidagi saʼy-harakatlari haqida maʼlumot berildi.