Etti ming gektar maydon yonmoqda. 11 kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bir qancha aholi punktlari xavf ostida, aholini evakuatsiya qilishga to'g'ri keldi. YOng'inlarga qarshi kurashda aviatsiya ishtirok etdi. Ammo qutqaruvchilarning aytishicha, alangani nazoratga olish uchun kamida bir necha kun kerak bo'ladi. YOng'in kuchli shamol tufayli tez tarqalmoqda.

Ispaniyada uchta o'rmon yong'ini nazoratga olindi, ming gektardan ortiq maydon yonib ketdi. YOng'in sodir bo'lgan joylarda 30 ta brigada ishlamoqda. YUqori havo harorat tufayli ko'plab hududlarda xavfning “to'q sariq” darajasi e'lon qilindi. Juma kunidan beri Kataloniyaning Frantsiya bilan chegara hududida davom etayotgan yong'inni bartaraf etishga harakat qilinmoqda. Yil boshidan buyon Ispaniyada 70 ming gektardan ortiq maydon yonib ketgan, deb xabar beradi mir24.tv.