Ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras Professional tennischilar uyushmasi (ATP) reytingida yana birinchi o'rinni egallab turibdi. Reytingning yangilangan versiyasi tashkilot saytida 25-iyun, yakshanba kuni e'lon qilindi.
Ispaniyalik tennischi o'sha kuni Londondagi turnirda g'olib chiqdi va mavsumdagi beshinchi chempionlikni qo'lga kiritdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha rossiyalik tennischi Daniil Medvedevga etib oldi. ATP reytingida u serb Novak Jokovichni ortda qoldirdi va shu tariqa Alkaras yana dunyoning birinchi raketkasi sifatida tan olindi, deb xabar beradi iz.ru.