Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi yaqqol namoyon boʻlayotgani, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim boʻlgan ulkan imkoniyatlar muhokama qilindi.
“Janob elchiga ikki davlat hamkorligining yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.









