Livandan uchirilgan uchuvchisiz uchoq Isroil hukumati rahbarining Kesariya shahridagi shaxsiy qarorgohiga hujum qilganidan keyin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron va uning ittifoqchilarini o'zini va rafiqasini o'ldirmoqchi bo'lganlikda aybladi. “Eronparast “Hizbulloh” guruhining bugun meni va rafiqamni o'ldirishga urinishi jiddiy xato bo'ldi”, deb yozdi Netanyaxu 19-oktabr, shanba kuni X ijtimoiy tarmog'ida. “Bu meni yoki Isroil davlatini kelajagimizni ta'minlash uchun dushmanlarimizga qarshi adolatli urushni davom ettirishdan to'xtata olmaydi”, deb qo'shimcha qildi bosh vazir.
Eron va uning ittifoqchilari Isroil fuqarolariga zarar yetkazmoqchi bo'lishsa, “katta tovon to'laydi”, deya tahdid qildi Netanyaxu, Isroil “terrorchilarni va ularni yuborganlarni yo'q qilishda” davom etishini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi dw.com.
Isroil bosh vazirining shaxsiy qarorgohiga uchuvchisiz uchoq hujumi Livanning “Hizbulloh” radikal harakati tomonidan uyushtirildi, deb xabar berdi Eron davlat agentligi “Irna”, Eron Islom Respublikasining BMTdagi doimiy vakiliga tayanib.