Isroil Braziliya Prezidentini persona non grata deb e'lon qildi

    Isroil Tashqi ishlar vazirligi Braziliya Prezidenti Lula da Silvani persona non grata deb e'lon qildi.

    Braziliya Prezidenti G'azo sektorida sodir bo'layotgan voqealarni genotsid deb atagan va uni Xolokost bilan qiyoslaganidan so'ng, Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvani persona non grata deb e'lon qildi.

    Avvalroq Braziliya Prezidenti G'azo sektorida sodir bo'layotgan voqealarni genotsid deb ta'kidlab, buni Adolf Gitlerning yahudiylarga nisbatan qilgan vahshiyligi bilan qiyoslagan edi. Bunga javoban Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Lula da Silva yahudiy xalqi va Isroilning o'zini himoya qilish huquqiga zarar yetkazmoqchi bo'lganini aytdi, deb xabar beradi lenta.ru.