Joriy yil “27-YANVAR – XALQARO XOLOKOST QURBONLARINI XOTIRLASH KUNI” munosabati bilan Isroil davlatining Oʻzbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Gilel “Oʻzarxiv” agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati vakillari ishtirok etdi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov respublikadagi davlat arxivlari faoliyati, ularda saqlanib kelayotgan alohida qimmatli hujjatlar xaqida gapirar ekan millatlararo bagʻrikenglik, totuvlik va doʻstona aloqalarni yana-da kengaytirish va rivojlantirish, tenglik, adolat va oʻzaro bir-birini tushunish qadriyatlariga amal qilgan holda ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik, axborot, madaniy, maʼrifiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka yangi sifat berish va uning huquqiy asoslarini mustahkamlash, Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuvatsiya qilingan yahudiylar taqdiriga oid arxiv hujjatlarini aniqlash, raqamli nusxalarini tayyorlash va elektron qidiruv tizimini yaratishda hamkorlikni kengaytirish masalalariga toʻxtaldi.
Elchi Zexavit Ben-Gilel xonim Ikkinchi Jahon urushidan keyin dunyo hamjamiyati kelajakda insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan har qanday tashabbuslar qoʻllab quvvatlanishi lozimligi, Isroildagi arxivlar bilan Oʻzbekiston arxivlar oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi toʻgʻrisida gapirdi. Shuningdek “Oʻzarxiv” tomonidan boshlangan Xolokost loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan yahudiylar taqdiriga oid arxiv hujjatlarini aniqlash, raqamli nusxalarini tayyorlash va elektron qidiruv tizimini yaratishda Isroil tomoni ham yordam berishini aytib oʻtdi.