Super yarim oʻrta vazn toifasida kechgan bahsda unga Dominikan Respublikasi vakili Luis David Salazar raqiblik qildi.
10 raund davom etgan qarama-qarshilikda Madrimov toʻliq ustunlikka erishdi. Hakamlar bir ovozdan (99-91, 99-91, 99-91) oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasini eʼtirof etishdi. Eʼtiborli jihati, ushbu jangda Isroilga ayollar boks terma jamoasi bosh murabbiyi, taniqli sobiq bokschi Elshod Rasulov sekundantlik qildi.
30 yoshli Isroil Madrimov faoliyati davomida 14 ta jang oʻtkazib, endilikda oʻz hisobidagi gʻalabalar sonini 11 taga yetkazdi (shuningdek, uning hisobida 1 ta magʻlubiyat va 2 ta durang bor). Raqib Salazar uchun esa bu prof boksdagi 22 ta jangdan keyingi ikkinchi magʻlubiyat boʻldi.