Isroilning Livanga bergan zarbasi oqibatida uch nafar jurnalist halok bo'ldi

    Isroil harbiy-havo kuchlarining Livan janubida Hasbayadagi bir qator OAV xodimlari yashaydigan uyga bergan zarbasi oqibatida uch kishi, jumladan, Livanning Al-Mayadin telekanali operatori va muhandisi xalok bo'ldi, deya Livan manbasiga tayanib, xabar berdi РИА Новости.

    Juma kuni kechasi Isroil samolyotlari Livan janubidagi Hasbaya aholi punktida Livan va arab telekanallarining suratga olish guruhlari joylashgan uyga hujum qildi.

    “Dushmanning zarbasi oqibatida “Al-Manar” telekanali operatori (Visam Kasem), “Al-Mayadin” telekanali operatori va muhandisi (Muhammad Rida va Gassana Najara) halok bo'ldi”, dedi agentlik suhbatdoshi.

    Manbaga ko'ra, jurnalistlar orasida yaradorlar ham bor, ularga yordam ko'rsatilmoqda. Hujum qilingan binoda Al-Jadid va Al-Jazira telekanallarining suratga olish guruhlari ham bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.