Istanbul yaqinida olti qavatli bino qulab tushdi

    Istanbuldan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Gebze shahrida olti qavatli bino qulab tushdi.

    NTV telekanalining xabar berishicha, hozircha jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

    Bino yaqinida metro tarmog'ini qurilish ishlari olib borilayotgani ta'kidlanmoqda, deb xabar berdi report.az.

    A-haber xabariga ko'ra, vayronalar ostida taxminan olti kishi qolib ketgan bo'lishi mumkin.