27-29-sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan tadbirlar doirasida O'zbekiston va Tojikiston hamkorlik guruhlarining yig'ilishi, soha mutaxassislari va olimlar ishtirokida mahorat darslari, davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etiladi. 

Tadbirlarda Tojikiston iste'molchilar ittifoqi va O'zbekiston iste'molchilar huquqlari himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, turizm sohasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, kontrafakt tovarlarga qarshi kurashish choralari, farmatsevtika mahsulotlari noqonuniy aylanishining oldini olish, qurilish materiallari va buyumlari aylanishini texnik jihatdan tartibga solish va davlatlararo standartlashtirishning ahamiyati kabi masalalar muhokama etilmoqda.