Unda qayd etilishicha iste'molchi mashinasini ta'mirlatish maqsadida Samarqand shahrida faoliyat olib boradigan Fazliddin ismli ustaga boradi. Usta mashinaning bitta ehtiyot qismini almashtirish kerakligini aytib, uni o'rnatish bilan birga xizmat haqi 4 million 130 ming so'm bo'lishini aytadi. Fuqaro rozi bo'lganidan so'ng mashina ta'mirlanadi va unga 6 oy kafolat beradi.
Afsuski, oradan bir oy vaqt ham o'tmasdan mashinada yana o'sha ehtiyot qism bilan bog'liq nosozlik yuzaga keladi. Fuqaro mazkur holat yuzasidan usta bilan bog'lanib, mashinani qaytadan ta'mirlab berishini so'rab murojaat qilgan bo'lsada, hech qanday o'zgarish bo'lmaganini aytib o'tgan.
Murojaat Federatsiyaning Bulung'ur tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, iste'molchining mashinasi 6 oy kafolati qaytadan ta'mirlab berilishiga erishildi.
Yana bir murojaat Bulung'ur tumani “Mingtepa” MFYda yashovchi fuqaro S.YAkubovadan kelib tushgan. Unda qayd etilishicha, fuqaro 2020 yil mart oyida Bulung'ur tuman markazida joylashgan “Kamilla Travel” MCHJdan Rossiya Federatsiyasiga ketish maqsadida Samarqand-Moskva yo'nalishi bo'yicha 4 dona aviabiletni 1 million 630 ming so'm evaziga olgan.
Biroq 2020 yil 15 martdan yurtimizda karantin e'lon qilingani sababli bilet egalari ketolmay qoladi. SHundan so'ng, iste'molchi bir necha marotaba aviakassa xodimiga chipta pullarini qaytarib berishini so'rab murojaat qilgan bo'lsada, sotuvchi bundan bosh tortgan.
Mazkur murojaat o'rganilishi natijasida iste'molchi foydasiga 1 million 630 ming so'm mablag' undirib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Buxoro shahrida yashovchi O.U.dan kelgan murojaatda iste'molchi Buxoro shahar markaziy bozorida joylashgan maishiy texnika savdo do'konidan “Samsung” rusumli sovutgichni (konditsioner) 5 million 70 ming so'm evaziga xarid qiladi, biroq oradan ko'p vaqt o'tmasdan sovutgich ishdan chiqib qoladi. Bu borada sotuvchiga bir necha marotaba murojaat qilganda esa, sotuvchi rad javobi berganini ta'kidlagan.
Murojaat Federatsiyaning Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, iste'molchiga sovutgich uchun to'langan pullar to'liq qaytarilishiga erishildi.