Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2022-yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 5 472 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 3 558 tasi ogʻzaki, 1 100 tasi yozma, 814 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.
Mazkur ariza va shikoyatlarning 4 989 tasi, yaʼni 91,2 foizi ijobiy hal etilgani natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 15 milliard 56 million 818 ming 91 soʻm undirib berildi.
Fuqarolar murojaatlari sohalar boʻyicha tahlil qilinganda 2 ming 133 tasi (39 foizi) savdo, 758 tasi (13,9 foizi) gaz taʼminoti, 412 tasi (7,5 foizi) elektr taʼminoti, 258 tasi (4,7 foizi) suv taʼminoti, 185 tasi (3,4 foizi) kommunal xizmat, 84 tasi (1,5 foizi) sogʻliqni saqlash, 295 tasi (5,4 foizi) xizmat koʻrsatish (servis), 214 tasi (3,9 foizi) transport, 178 tasi (3,3 foizi) aloqa va internet, 955 tasi (17,5 foizi) boshqa sohalarga taalluqli ekanini koʻrish mumkin, deyiladi federatsiya axborot xizmati xabarida.