Bayon etilishicha, fuqaro o'z xonadoniga plastik eshik va deraza romi o'rnatish uchun tuman markazida joylashgan tadbirkorlik sub'ekti bilan shartnoma tuzadi va boshlang'ich badal sifatida jami 5 750 000 so'm to'laydi. Og'zaki kelishuvga asosan tadbirkorning mahsulotni 7 kun ichida o'rnatib berishiga kelishilgan. Biroq oradan 20 kun o'tsa ham eshik va deraza romlari iste'molchiga etkazib berilmagan. Iste'molchi bir necha marotaba murojaat qilganiga qaramay, tadbirkor turli bahonalar bilan ishni ortga surib kelgan. Murojaat o'rganilishi natijasida mahsulot uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarildi.

SHunday murojaatlardan biri Buxoro shahrida yashovchi  B.S. tomonidan yo'llangan. Unda iste'molchi "CHinor mebel`" do'konidan 4 050 000 so'mga yumshoq mebel` jamlanmasini sotib olgani, ammo oradan bir oy o'tar-o'tmas mebel ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani qayd etilgan. Tadbirkorga qilingan murojaat esa, e'tiborsiz qoldirilgan aytib o'tilgan. Ushbu murojaat o'rganilishi natijasida yumshoq mebellar tadbirkor tomonidan sifatli ta'mirlab berildi.