Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DSQning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.Yu. Margʻilon shahar, “Navroʻz” MFYdagi xonadonida isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan droja (xamirturush) mahsulotlarini qadoqlab sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 3 turdagi 6480 dona istemolga yaroqsiz tayyor mahsulot va 3400 kg xamirturush kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.