Avval xabar berganimizdek, ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etayotgandi. Hamyurtimiz turnirdagi ishtirokini saralash bahslaridan boshlagan va ketma-ket reytingda oʻzidan yuqorida turgan raqiblarini magʻlub etgan edi.
U asosiy toʻrning ilk davrasida dunyoning 117-raketkasi, amerikalik Sem Kuerridan ham 6/1, 7/6(5) hisobida ustun kelgandi. Lekin ikkinchi bosqichda sensatsiya roʻy bermadi. Yurtdoshimiz yana bir AQSH tennischisi, dunyoning 41-raketkasi Tommi Polga imkoniyatni boy berib qoʻydi - 2/6, 0/6. Tennischilarning oʻzaro uchrashuvlarida Pol hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.