Mukofot jamgʻarmasi 67,960 yevroni tashkil etuvchi Segovia Challenger turnirida hamyurtimiz Denis Istomin oʻz ishtirokini saralash bahslaridan boshlab, avvaliga 1/2 finalda braziliyalik Uilson Leyteni 5/7, 7/5, 7/5 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Kecha esa saralashning finalida germaniyalik Elmar Eyupovich ham uch set natijasiga koʻra taslim etildi. Birinchi setni 2/6 hisobida boy bergan Istomin ajoyib kambekni amalga oshirdi. Denis keyingi ikki setda 7/6(4), 6/4 hisobida zafar quchib, turnirning asosiy toʻ bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Denis Istomin uchrashuv davomida 10 ta eys, 2 ta qoʻshxato, Elmar Eyupovich esa 6 ta eys, 7 ta qoʻshxato qayd etdi. Hamyurtimiz saralashda 12, raqibi esa 6-raqam ostida tasniflangandi. Bu tennischilarning oʻzaro ilk uchrashuvi edi. Bugun Istomin asosiy toʻrning ilk davrasida rossiyalik 20 yoshli Alibek Kachmazovga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Taqqoslash uchun, hamyurtimiz ATP reytingida 438, Uilson 499, Eyupovich 386, Kachmazov esa 345-oʻrinni egallab turibdi.