Bojxona organlari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi bir guruh shaxslar tomonidan mamkalatimizga noqonuniy yoʻllar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishga qaratilgan yana bir tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli transport vositasini belgilangan tartibda toʻxtatib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, transport vositasining yukxonasida qiymati 401,3 million soʻmlik 16 ming 560 dona choʻgʻlanma lampalar hamda 225 dona maishiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.