Jamoalar 2 kun mobaynida tibbiyot, taʼlim, ijtimoiy soha, agrar (qishloq xoʻjaligi), marketplace, IOT va sunʼiy intellekt yoʻnalishlari boʻyicha oʻz gʻoyalarini amalga oshiradilar.
Ochilish marosimida Margʻilon shahar hokimi A. Ziyavutdinov, AKT vazirligi hududiy boshqarmasi rahbari Y. Gʻofurov, Innovatsion rivojlanish vazirligi hududiy boshqarmasi boshligʻi Z. Yunusov, IT Park Fargʻona filiali direktori B.Djalilov hamda 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Haftalikning keyingi bosqichlarida TATU Fargʻona filiali bilan hamkorlikda ideaton tanloviga start berish reja qilingan. Asosiy tadbirlardan biri yesa bu hafta yakunidagi gʻoliblarni qimmatbaho hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlash marosimi hisoblanadi.