30 yildan ortiq Rossiya raislik qilgan Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning Aloqa maʼmuriyatlari rahbarlarining kengashi raisi etib birinchi marotaba Oʻzbekiston AKT vaziri saylandi.
Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning Aloqa maʼmuriyatlari rahbarlarining kengashining qoʻshma 58-majlisi va MDHga aʼzo davlatlarning MDH huzuridagi Axborotlashtirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-majlisi yakunlandi.
Unda ASHHga aʼzo davlatlar maʼmuriyatlari rahbarlari kengashining raisi etib Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov saylandi.
AKT vazirining ushbu kengash raisi etib saylanishi Oʻzbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish boʻyicha vazifani amalga oshirish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir.