IT-kadrlarni tayyorlashda xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflar berildi

    Ta'lim 17 Fevral 2022 3588

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida IT Park rezidenti — «DATA» o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Urganch shahrida joylashgan mazkur o‘quv markaz yoshlarga IT sohasida qator dolzarb IT yo‘nalishlari, ya’ni robototexnika, mobil o‘yinlar yaratish, veb dasturlash, Android dasturlash, 3D animasiya, arxitektura va dizayn, grafik dizayn, SMM, kiberxafsizlik bo‘yicha mutahassislar tayyorlaydi. Shuningdek, bolalar uchun ham maxsus kurslar tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar 800 nafardan ortiq yoshlar «DATA» o‘quv markazining kurslarini tamomlagan.

    Tashrif doirasida «DATA» o‘quv markazi faoliyati to‘g‘risida taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda o‘quv markazi vakillari o‘z reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, hozirgi paytda o‘quv markazi mutahassislari tomonidan bolalarni IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rgatish uchun o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. Kelgusida ushbu qo‘llanmani ko‘paytirish va ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlarida ishlatish maqsad qo‘yilgan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov o‘quv markazining faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda xususiy IT markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif berdi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.