Jumladan, hayotiy zarur xarajatlarni moliyalash uchun byudjet tushumlari qanchalik zarur boʻlmasin, asosiy soliqlar boʻyicha stavkalar oʻzgarmaydi.

Shuningdek, 1-yanvardan boshlab yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi, mobil aloqa uchun aksiz soligʻi (10 foiz) bekor qilinadi.

Shahar chegarasidagi qishloq yerlariga 2 karra yer soligʻini hisoblash toʻxtatiladi. Nashriyot korxonalari foyda soligʻini toʻlashdan 5-yilga ozod etiladi.

Bundan tashqari, IT-park rezidentlariga barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etish boʻyicha imtiyozlar 2040-yilgacha uzaytiriladi.

Xususiy maktab va bogʻchalar, xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislar uchun berilgan barcha soliq imtiyozlari 2030-yilgacha amal qiladi.