Tadbirda viloyat Axborot texnologiyalari boshqarmasi, IT Park direksiyasi, “Revochain Technology” MCHJ kompaniyasi direktori va viloyat soha tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur markazni tashkil etishdan asosiy maqsad — yoshlar bandligini taʼminlash, oʻz hududidan turib xorijiy kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatini yaratish va viloyatda IT xizmatlar eksporti hajmini oshirishdan iborat.

Markazda 20 nafar iqtidorli yoshlar uchun uch oylik oʻquv kurslariga start berildi.