Italiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifining asosiy voqealari boshlanmoqda

    Hukumat 10 Noyabr 2023 1586

    Bugun, 10-noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

    Oliy martabali mehmonlar majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

    Vatanimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni oʻzida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegatsiyasi aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

    Taʼkidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.