Forli shahrida qutqaruvchilar o'z uyining birinchi qavatida cho'kib ketgan keksa odamning jasadini topdi. Marhumning xotini qutqarib qolindi. Ana shunday holat Ronta-di-Chezena shahrida ham sodir bo'ldi. 70 yoshli odam ham o'z uyida suv toshqini oqibatida halok bo'ldi.

Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, mintaqada bir necha ming kishi xavfsiz joyga ko'chirilgan. Yuzlab odamlar uy tomlarida jon saqlashga majbur bo'lishdi.

Chorshanba kuni mintaqada meteorologik xavfning eng yuqori – “qizil” darajasi yana e'lon qilindi. Tabiiy ofat tufayli barcha maktablar yopilgan. Poyezdlar harakatida jiddiy uzilishlar yuzaga keldi, ko'plab yo'llar suv ostida qolgan yoki to'sib qo'yilgan, deyiladi mir24.tv saytida.