Taxminan olti oy oldin baxtsiz hodisaga uchragan 55 yoshli tibbiyot xodimi 12 soat davomida operatsiya qilingan. Hodisa oqibatida erkakning chap oyog'ining bir qismi kesib tashlangan, shuningdek, chap qo'lining elka bo'g'imi ham shikastlangan.
Shifokorlar qo'lning uzilgan nervlarini peroneal nerv tolasi bilan bog'lashga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu operatsiya to'rt yillik tadqiqot ishi natijasida amalga oshirildi, deb xabar beradi mir24.tv.