Hozirda dunyoda Covid-19 virusi aniqlangan 4 ta it to'g'risida ma'lumot bor. Barcha holatda jonivorlar infektsiya bilan kasallangan egalaridan yuqtirishgan.
Itlarning boshqa hayvonlardan koronavirus yuqtirishi yoki infektsiyaning jonivorlardan odamga yuqishi qayd etilmagan.
Hayvonlar salomatligini muhofaza qilish jahon tashkiloti uy hayvonlarining egasi kasal bo'lganda ular bilan aloqa qilmaslikni, bu bilan oilaning boshqa a'zosi shug'ullanishi lozimligini tavsiya qiladi. SHuningdek, gigienaga qat'iy rioya qilish: qo'llarni yuvish, hayvonlarga yuzini yalashga qo'ymaslik, qo'l bilan ovqatlantirmaslik, niqob taqish bo'yicha ko'rsatma berilgan.
Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha Forish tuman inspektorlari tomonidan 2020 yil 8 iyun` kuni o'tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida Forish tumani "Oqtepa" MFY hududida qonunbuzilish holati aniqlandi.
Forish tumani Ko'lba MFY Mixin qishlog'ida yashovchi fuqaro A.O tomonidan er osti boyliklari bo'lgan tuproqni davlat raqami mavjud bo'lmagan hamda o'zi boshqaruvidagi “Kamaz”rusumli avtotransport vositasiga yuklab olib ketayotganlik holati aniqlandi.
Huquqbuzar fuqaro A.O ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya'ni 2 230 000 so'm miqdorida jarima belgilandi.