Birinchi bor dunyodagi daraxtlarning aksariyati IUCN Qizil roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, baholangan 47 282 turdan kamida 16 425 tasi yoʻqolib ketish xavfi ostida ekanligi maʼlum boʻldi. Daraxtlar hozirda Qizil roʻyxatdagi turlarning toʻrtdan bir qismini tashkil etadi va xavf ostida qolgan daraxtlar soni barcha xavf ostidagi qushlar, sutemizuvchilar, sudraluvchilar va amfibiyalar sonidan ikki baravar koʻp. Umuman olganda, dunyoning 192 mamlakatida daraxt turlari yoʻqolib ketish xavfi ostida.
Xavf ostidagi daraxtlarning eng katta qismi orollarda joylashgan. Oroldagi daraxtlar, ayniqsa, shaharsozlik va qishloq xoʻjaligi uchun oʻrmonlarning kesilishi, shuningdek, zararkunandalar va kasalliklar tufayli daraxtlar katta tezlikda yoʻqolib bormoqda.
IUCN Qizil roʻyxati, shuningdek, daraxtlarning kamayishi minglab boshqa oʻsimliklar, zamburugʻlar va hayvonlar uchun katta xavf ekanligini koʻrsatadi. Daraxtlar uglerod, suv va ozuqa moddalarining aylanishi, tuproq shakllanishi va iqlimni tartibga solishdagi roli orqali Yerdagi hayot uchun asosiy manba hisoblanadi. Ammo daraxtlar populyatsiyasiga bevosita inson omili ham taʼsir koʻrsatadi. Xususan, IUCN Qizil roʻyxatiga kiritilgan 5000 dan ortiq daraxt turi qurilishda yogʻoch uchun, 2000 dan ortiq turi esa dori-darmonlar, oziq-ovqat va yoqilgʻi uchun ishlatiladi.
Maʼlumot uchun, IUCN Qizil roʻyxatiga hozirda 166 061 tur kiritilgan boʻlib, 46 337 tasi yoʻqolib ketish xavfi ostida.