Suhbat chogʻida Ivanovo oblasti va Oʻzbekiston viloyatlari oʻrtasida sanoat, savdo va taʼlim sohasida hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, yuqori texnologiyali va raqobatbardosh mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutgan holda toʻqimachilik sanoatidagi hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi. Qoʻshma toʻqimachilik klasterlarini, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarini yaratish, yuqori texnologiyali matolardan foydalangan holda kiyimlarni loyihalash va modellashtirish sohasini rivojlantirish istiqbollari qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati mutaxassislari uchun oliy taʼlimning tegishli yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda mamlakatda yengil sanoat sohasida malaka oshirish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar koʻrib chiqilgan yoʻnalishlar doirasida aniq tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.