Forum doirasida tashkil etilgan yalpi majlisning ochilishi marosimida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva maʼruza qildi.
Senat Raisi oʻz nutqi davomida Oʻzbekistonda xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasida koʻtarilganligi va ularning barcha jabhalarda faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan kompleks dasturga toʻxtalib oʻtdi.
Ayniqsa, bu boradagi erishilgan amaliy natijalar forum ishtirokchilarining eʼtiborini tortdi.
Jumladan, mamlakatimizda soʻnggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar joriy yilda Jahon banki oʻzining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida Oʻzbekistonni gender tenglikni taʼminlashda eng katta yutuqlarga erishgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida eʼtirof etildi.
Forum oʻz ishini davom ettiradi.