Mehmon yaratilgan imkoniyatlar koʻlami va tashkil etilgan ishlar samaradorligini yuqori baholadi hamda boshqa rivojlanayotgan davlatlar ushbu yutuqlarga erishish tajribasini Oʻzbekistondan oʻrganishi mumkinligini belgilab oʻtdi.
Shuningdek, tomonlar koʻplab sohalar, jumladan, qishloq xoʻjaligi va biotexnologiyalar sohalarida innovatsiyalarni joriy etishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, d-r Hasan Muhammad Olmazor tumanidagi yangi tashkil etilayotgan texnoparkni koʻzdan kechirdi.