So'nggi etti yil butun kuzatuvlar tarixida eng iliq davr bo'ldi, dunyo okeani sathi yangi maksimum darajaga ko'tarildi, d

«BMT yangiliklari» veb-saytiga ko'ra, hisobot Glazgoda (Buyuk Britaniya) ochilayotgan BMTning iqlim bo'yicha konferentsiyasi arafasida e'lon qilingan. JMTning 2021 yil uchun dastlabki hisobotida BMTning qator agentliklari, milliy meteorologik va gidrologik xizmatlari ma'lumotlari, shuningdek, etakchi ekspertlarning ilmiy taxminlari to'plangan.

«Kuzatishlar tarixida birinchi marta Grenlandiyaning muzlik cho'qqisiga qor emas, yomg'ir yog'di, - deydi JMT Bosh kotibi, professor Petteri Taalas. - Muzning erishi natijasida Kanada muzliklari sekin-asta yo'qolib bormoqda». BMTning iqlim bo'yicha konferentsiyasida JMT hisoboti asosiy hujjatlardan biri bo'ladi va forum ishtirokchilari o'rtasida kechadigan muzokaralarda ilmiy asos sifatida foydalaniladi. Hujjatga ko'ra, 2020 yilda er atmosferasida issiqxona gazlarining kontsentratsiyasi yangi maksimumga etgan. O'sish 2021 yilda ham davom etmoqda. deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tomonidan e'lon qilingan hisobotga tayanib.