-87 kilogramm vazn toifasida “Tokio – 2020” ishtirokchisi Jalgasbay Berdimuratov chorak finalda Moʻgʻuliston (11:0), yarim finalda Hindiston (8:0) vakillariga birorta ham ball bermasdan yirik hisoblarda gʻalaba qozongan va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.
Afsuski, Jalgasbay Berdimuratov oltin medal uchun bahsda eronlik Nosir Alizodaga imkoniyatni boy berdi(1:3).
Hozircha Oʻzbekiston yunon-rum kurashchilari bitta bronza va bitta kumush medalni qoʻlga kiritdi.