“Jaloliddin Manguberdi” milliy baleti taqdimoti boʻlib oʻtdi

    Mazkur sahna asarining premyerasi joriy yilning 4-5-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.

    Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan “Jaloliddin Manguberdi” milliy baleti taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Spektakl Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari B.Axmedov va bir guruh hayʼat aʼzolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.

    Mazkur spektakl turkiyalik mashhur baletmeyster Mexmet Balkan tomonidan sahnalashtirilgan boʻlib, orkestrga Rossiya Federatsiyasidan teatrga bosh dirijyor sifatida taklif etilgan Denis Vlasenko dirijyorlik qiladi.

    Mazkur sahna asarining premyerasi joriy yilning 4-5-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.