Ulardan ikkitasi fanga noma'lum. Yangi turlar Lokotunjailurus chinsamyae va Dinofelis werdelini deb nomlandi. Ular taxminan 5,2 million yil oldin yashagan.

Olimlarning ta'kidlashicha, Afrikada yirik o'tkir tishli mushuklarning tarqalishi ilgari yetarlicha o'rganilmagan. Olimlar har bir turning jismoniy xususiyatlarini, masalan, tishlarning mavjudligi yoki yo'qligi, ularning tuzilishi, bosh suyagi va jag'ning shaklini tasvirlab berishdi. Keyin ma'lumotlar har bir yirtqichning ajdodlari bilan qanchalik o'xshash ekanini aniqlash mumkin bo'lgan dasturga yuklangan.

Olimlar 5,2 million yil avval Janubiy Afrika landshafti o'rmonlar va o'tloqlardan iborat bo'lgan degan xulosaga kelishdi. Ammo doimiy qurg'oqchilik o'simliklardan xoli hududlarning kengayishiga olib kelgan, deb xabar beradi mir24.tv.