Uchrashuvda tomonlar joriy yilning 11-15-aprel kunlari Transport vaziri oʻrinbosari Abdusamat Moʻminov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlari boʻyicha imzolangan Memorandumda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar transport hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, grant mablagʻlarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Kim De Xo “KEC” korporatsiyasi Oʻzbekistonda DXSH asosidagi transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganligini maʼlum qildi. Shuningdek, u mazkur yoʻnalishda istiqbolli loyihalarni birgalikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshirishni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusi qadamlarni belgilab, ushbu yoʻnalishda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.
Janubiy Koreya bilan transport hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi
24-may kuni Transport vaziri oʻrinbosari Abdusamat Moʻminov Janubiy Koreyaning “Korea Expressway Corporation” (KEC) korporatsiyasi xorijiy loyihalar departamenti direktori oʻrinbosari Kim De Xo bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqi
- Nilufar Allabergenova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi
- IIV xodimlari o‘rtasidagi «Eng yaxshi kitobxon» tanlovida Toshkent shahri vakili g‘olib bo‘ldi
- Hayot Inoʻgamov Chilonzor tumani hokimi etib tasdiqlandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Osiyoda yaxlit ishonch infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi
- Hindistonning Ganga daryosida qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Ohangaronda bogʻchada tarbiyalanuvchi bola hasharotlarga qarshi vositani ichib, vafot etdi