Bu haqda Yonhap agentligi ma'lum qildi.

“Bugun prezident mudofaa vaziri Kim Yon Xyonning iste'fosini qabul qildi va unga o'z lavozimini tark etishga ruxsat berdi”, dedi Prezident ma'muriyati kotibiyati rahbari Chon Chjin Sok.

Avvalroq Janubiy Koreya OAVlari milliy mudofaa vaziri prezidentga harbiy holat joriy etishni tavsiya qilgani haqida xabar bergan edi.

Keyinroq Kim Yon Xyon fuqarolardan uzr so'radi va mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida 5-dekabr kuni tushdan keyin iste'foga chiqish haqida ariza berdi, deb xabar beradi report.az.

Mudofaa vaziri lavozimiga Saudiya Arabistonidagi elchi Chxve Byon Xyok nomzodi ilgari surildi, u “nafaqat xavfsizlik sohasida keng bilimga ega, balki katta amaliy tajribaga ham ega”, deya qayd etadi Yonhap.