Mazkur grant mablag'lari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining O'zbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba tsexi tashkil etiladi.
Ushbu tsexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo'yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.