Mahalliy Kyeonggi Ilbo gazetasining xabar berishicha, bortda 246 yo'lovchi va 21 ekipaj a'zosi – jami 267 kishi bo'lgan.
Gazetaning xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 20:17 atrofida kema suv osti toshlariga urilib, to'xtab qolgan. Sohil qo'riqlash xizmati voqea joyiga bir nechta qayiqlarni yuborgan. Parom toshli tizmada qolib ketgani aniqlangan va mutaxassislar hozirda korpusning shikastlangani va suv kirib qolganini tekshirmoqda. Qutqaruvchilar odamlarni evakuatsiya qilishda davom etmoqda. Halok bo'lganlar yoki jarohatlanganlar haqida hali xabarlar yo'q.
Janubiy Koreyada dengiz xavfsizligi 2014-yilda “Sevol`” paromi halokatidan beri ayniqsa nozik masalaga aylandi. Kema mamlakatning janubi-g'arbiy sohilida ag'darilib, cho'kib ketdi, oqibatda 300 dan ortiq odam halok bo'ldi, ularning aksariyati ekskursiyada bo'lgan o'rta maktab o'quvchilari edi, deb xabar berdi informburo.kz.








