Chxunchxon-Pukto viloyatida suv bosgan avtomobil tunnelidan odamlarning jasadi topildi, u yerda jami 13 kishi halok bo'ldi. Kuchli yomg'ir sabab daryoning toshib ketishi oqibatida 695 metr uzunlikdagi tunnel suv ostida qoldi. Unda 15 ta transport vositasi, jumladan, avtobus qolib ketdi.

Noqulay ob-havo tufayli 10,5 mingga yaqin odam xavfsiz joylarga ko'chirildi. Tabiiy ofat 146 ta yo'l va 139 ta binoga zarar yetkazdi. 28,6 xonadonda elektr ta'minotida uzilishlar sodir bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.