Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, loyihalash va qurilish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan fikr almashildi.
“Daewoo Construction Group” kompaniyasi vakillari Oʻzbekistonda infratuzilma va zamonaviy uy-joylar qurilishi, “Smart city” loyihalarini amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya va boshqa sohalarda uzoq muddatli asosda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Amaliy ruhda kechgan muloqotda tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.