Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori bilan IT taʼlimni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

    Ta'lim 26 May 2022 2867

    Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori bilan IT taʼlimni rivojlantirish va ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhokama etildi.

    Bugun, 26-mayda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda taʼlim, AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha fikrlar almashildi.

    Shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon Universitet faoliyatini yanada kengaytirish va uni rivojlantirish, shu bilan bir qatorda, ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhokama etildi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda taʼlim sifatini taʼminlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet oʻrtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    IT kadrlarni tayyorlashda koreyalik mutaxassislarni jalb etish, Oʻzbekistonda IT autsorsing yoʻnalishini rivojlantirish masalalari ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.