Janubiy Sudan fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bayonotida “Cessna” tipidagi yo‘lovchi samolyoti Juba yaqinida halokatga uchragani aytilgan.
Bayonotda samolyot bortida bo‘lgan 13 yo‘lovchi va uchuvchi halok bo‘lgani ta’kidlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat ko‘rishni yomonlashtirgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Bortdagi yo‘lovchilardan ikkitasi Keniya fuqarolari, qolgan yo‘lovchilar Janubiy Sudan fuqarolari edi.
Voqea joyiga tergov va qutqaruv guruhlari yuborildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolarda samolyotning vayronalari alanga ichida qolgani ko‘rsatilgan. Videolarda tog‘li va tumanli yerlar ko‘ringan, deb xabar berdi aa.com.tr.