“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻida oʻrnatilgan fotoqopqonga qoraquloq tushib qoldi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻida oʻrnatilgan fotoqopqonga qoraquloq muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi 2020-yilning 11-noyabrida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida tashkil etilgan.

    Hududda 149 tur hayvonlar uchraydi, shulardan 36 turi Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Xususan, fotoqopqonga tushgan qoraquloq ham butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida “Qizil kitobi”dan joy olgan.