Qayd etilishicha, baxtiz hodisa dushanba kuni mamlakat shimolidagi Limpopo provinsiyasida sodir bo'lgan. Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo'qotgan.
Transport va jamoat xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, o'n nafar yo'lovchi og'ir, 16 nafari o'rtacha, 35 nafari esa yengil jarohat olgan.
Hodisa sabablari o'rganilmoqda. To'qnashuvdan so'ng sayyohlik avtobusi N1 avtomobil yo'lidagi ko'prikdan daryoga ag'darilgan. Odamlarni qidirishda g'avvoslardan iborat politsiya guruhi ish olib bormoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.