“Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

    Ta'lim 3 Iyul 2025 1944

    “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3636-son, 01.07.2025-y.)

    Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.

    Jasorat sinflariga oʻquvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, yaʼni bitta sinfga 26 nafar oʻquvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

    Jasorat sinflarida oʻqish muddati 7-yilni tashkil qiladi.

    Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari iyul oyida oʻtkaziladi.

    Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan oʻquvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.