Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.

Jasorat sinflariga oʻquvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, yaʼni bitta sinfga 26 nafar oʻquvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Jasorat sinflarida oʻqish muddati 7-yilni tashkil qiladi.

Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari iyul oyida oʻtkaziladi.

Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan oʻquvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.