74 kg vazn toifasida oʻzbekistonlik Jasur Jaysunov finalda eronlik Mirxashem Hussaynini magʻlub etdi va Osiyo chempioni boʻldi, deya xabar beradi Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Jaysunov ilk bosqichda pokistonlik Iqbol Muhammadni taslim qilgandi-2:0. Chorak finalda hamyurtimiz Chen Jun Veiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi-2:0.
Yarim finalda Jaysunov pokistonlik Ahmad Baxlulni 2:0 hisobida magʻlub etib finalga chiqqan edi.
Shu tariqa, terma jamoamizning musobaqada qoʻlga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda.