O‘zbekistonga yangi parvoz yo‘nalishi: Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishini ochgan Airbus A320 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa gullar bilan kutib olindi.

Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.

Jazeera Airways Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi o'z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.